Mang'itlar Davrida Ilm- Fan Va Madaniyat

Authors

  • Muxlisa To'lqinjonova Valijonovna Author

Keywords:

Mang‘itlar davri, Buxoro amirligi, ilm-fan taraqqiyoti, madrasa ta’limi, tibbiyot yutuqlari, tarixiy asarlar, me’moriy meros, Chor Minor, Amir Haydar, Shohmurod, Muhammad Sharif Buxoriy, madaniy muhit

Abstract

Ushbu tadqiqotimda Mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida Buxoro amirligida ilm-fan va madaniyatning holati hamda rivojlanish yo‘nalishlari o‘rganiladi. Mang‘itlar davrida ta’lim maskanlari sonining ortishi, madrasa tizimining faoliyati, diniy va dunyoviy bilimlarning uyg‘unlashuvi jamiyat ma’naviy hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Ayrim sohalarda, xususan, tibbiyot, tarixnavislik va adabiyotda muayyan yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Shohmurod va Amir Haydar kabi hukmdorlarning ilm ahliga ko‘rsatgan e’tibori, ma’rifatni qo‘llab-quvvatlash siyosati madaniy muhitning jonlanishiga xizmat qilgan. Chor Minor, Amir Haydar madrasasi, Shayx Jalol xonoqohi singari me’moriy obidalar o‘sha davr badiiy tafakkuri va bunyodkorlik an’analarining yorqin ifodasidir. Shuningdek, Muhammad Sharif Buxoriy hamda “Tuhfat al-xoniy”, “Tarixi amir Haydar”, “Fathnomayi sultoniy” kabi asarlar mualliflari ijodi davr ilmiy-adabiy hayotining muhim manbalaridan hisoblanadi. Mening shaxsiy fikrimcha, Mang‘itlar davri madaniyati an’anaviy merosni saqlab qolish bilan birga, mahalliy ilmiy tafakkurning davomiyligini ta’minlagan muhim bosqichdir.

Downloads

Published

2026-02-16

How to Cite

Mang’itlar Davrida Ilm- Fan Va Madaniyat. (2026). Journal of Central Asian Regional Studies, 2(2), 13-15. https://realscience.kz/index.php/JCARS/article/view/36